Qozog‘istonda erkak o‘lganidan so‘ng unda koronavirus aniqlangan

Qozog‘istonda erkak o‘lganidan so‘ng unda koronavirus aniqlangan

Qozog‘istonda koronavirusga chalinib vafot etgan erkak haqida ma’lumot berildi.

U 1958 yilda 30 mart kuni tug‘ilgan, Qarag‘anda shahrida yashagan. Erkak og‘ir ahvolda shahar kasalxonasiga yotqizilgan.

Shifokorlar tashxis qo‘yishdi - pnevmoniya, nafas olish yetishmovchiligi.

Davolangandan keyin bemor izolyasiya qilingan, reanimasiyaga yotqizilgan. Ammo bugun ertalab yurak xuruji kuzatildi. Erkak o‘lganidan keyin esa uning koronavirusga chalingani aniqlandi. Ilgari u kasalxonaga bormagan.

Ta’kidlanishicha, tibbiy xodimlar barcha tegishli protokollarga rioya qilishgan.

Marhum Temirtau shahrida notarius bo‘lib ishlagan.

 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!