Qozog‘istonda 55 nafar o‘zbek migrantlarini olib ketayotgan avtobus buzilib qolgan

A A A
Qozog‘istonda 55 nafar o‘zbek migrantlarini olib ketayotgan avtobus buzilib qolgan

Joriy yil 20 noyabr kuni Samara-Chimkent yo‘nalishi bo‘ylab harakatlanayotgan va ichida 57 nafar odam, jumladan 55 nafar O‘zbekiston fuqarosi bo‘lgan avtobus Aqtobe viloyati Xromtau tumani hududida texnik nosozlik tufayli to‘xtab qolgan. Bu haqda O‘zbekiston TIV Aqtau shahridagi (Qozog‘iston) Bosh konsulxonadan olingan xabar asosida ma’lum qildi.

Ta’kidlanishicha, O‘zbekiston fuqarolari Qozog‘iston Favqulodda vaziyatlar bo‘yicha viloyat departamenti yordamida issiq joyga evakuasiya qilingan.

"Ular orasida tibbiy yordamga muxtojlar mavjud emas. Sovuq ob-havoga qaramay avtobusda yoz uchun mo‘ljallangan yonilg‘idan foydalanilgani va u muzlab qolgani nosozlikka sabab bo‘lgan. Ayni paytda ta’mirlash ishlari olib borilmoqda", - deyiladi xabarda.

O‘zbekistonning Aqtaudagi Bosh konsulxonasi vaziyatni nazoratga olganligi aytilmoqda.

TIV Konsullik-huquqiy departamenti O‘zbekiston fuqarolarini avtobuslarda yoki avtomobil transportining boshqa turlarida qishki vaqtda Qozog‘istonga kirishda yoki uning hududidan o‘tishda ehtimoliy xatarlarni hisobga olish va tegishli choralar ko‘rish zarurligi haqida ogohlantirib qolgan.

 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!