Qozog‘iston O‘zbekistonga elektr energiyasi yetkazib berishni boshladi

Qozog‘iston O‘zbekistonga elektr energiyasi yetkazib berishni boshladi

Qozog‘iston iyun oyi boshidan buyon O‘zbekistonga elektr energiyasi yetkazib berishni boshladi, deya xabar qildi Qozog‘iston Energetika vazirligi.

"Gazeta.uz"ning yozishicha, 17 iyul holatiga ko‘ra, O‘zbekistonga 145 mln kVt⋅s yetkazib berildi. Ikki mamlakat o‘rtasidagi kelishuvga ko‘ra, yil davomida O‘zbekistonga 1 mlrd kVt⋅s dan ortiq elektr energiyasi eksport qilinadi.

Qozog‘iston elektr energiyasi stansiyalarining modernizasiya va rekonstruksiya qilinishi, kengaytirilishi natijasida olingan elektr quvvatlari profisiti sharofati bilan elektr energiyasi eksport qilinmoqda, deyiladi xabarda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!