Qozog‘iston O‘zbekiston bilan transchegaraviy suvlar bo‘yicha bitimni ratifikasiya qildi

Qozog‘iston O‘zbekiston bilan transchegaraviy suvlar bo‘yicha bitimni ratifikasiya qildi

Qozog‘iston Prezidenti Qosim-Jomart Toqayev O‘zbekiston bilan transchegaraviy suv ob’ektlarini birgalikda boshqarish va ulardan oqilona foydalanish to‘g‘risidagi bitimni ratifikasiya qilish haqidagi qonunni imzoladi.

Hujjatga ko‘ra, ikki davlat umumiy suv resurslaridan kelishilgan tarzda foydalanish, davlatlararo ahamiyatga ega suv xo‘jaligi inshootlarini xavfsiz ekspluatasiya qilish hamda ushbu sohadagi hamkorlikni mustahkamlaydi.

Kelishuvlarni amalga oshirish maqsadida transchegaraviy suv ob’ektlarini boshqarish masalalari bilan shug‘ullanuvchi qo‘shma hukumatlararo komissiya tashkil etiladi.

Mazkur bitim 2025 yil 15 noyabr kuni Toshkent shahrida O‘zbekiston va Qozog‘iston Oliy davlatlararo kengashining ikkinchi yig‘ilishi doirasida imzolangan edi.

Hujjatning ratifikasiya qilinishi Sirdaryo va unga bog‘liq suv xo‘jaligi ob’ektlarida suv taqsimotini muvofiqlashtirish, suv ta’minoti barqarorligini oshirish hamda ikki davlat o‘rtasidagi ehtimoliy kelishmovchiliklarning oldini olishga xizmat qilishi kutilmoqda.

Avvalroq O‘zbekiston va Qozog‘iston Sirdaryoning transchegaraviy hududlarida suv hisobini yuritish uchun 10 ta avtomatlashtirilgan gidropost o‘rnatishga kelishib olgan edi. Ularning beshtasi O‘zbekiston, yana beshtasi Qozog‘iston hududida joylashtiriladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!

Markaziy Osiyoda eng ko‘p oltin kimning qo‘lida jam bo‘lgan?

1. 🇺🇿 Ўзбекистон — Марказий Осиёдаги энг йирик олтин ишлаб чиқарувчи. Ўзбекистон 2025 йилда 9,9 миллиард долларлик олтин экспорт қилди. Марказий банк захираси — 415,5 тонна олтин. Бу дунёдаги энг йирик захиралардан бири.

Husanovning do‘sti rekord narxga transfer qilindi

«Лидс» клуби «Манчестер Сити» дарвозабони Жеймс Траффорднинг трансферини расман эълон қилди.

Olimlar Yer aholisi sonini bosqichma-bosqich kamaytirish g‘oyasini ilgari surdi

Айрим мутахассислар муаммо аҳоли сонида эмас, балки ресурсларнинг адолатсиз тақсимланишида эканини таъкидламоқда.

Namanganda qariyb yarim milliardlik jirkanch jinoyat fosh bo‘ldi

Ҳолат юзасидан жиноят иши қўзғатилди.