Qozog‘iston o‘z prezidentini kutmoqda: parlament binosi oldida qizil poyandoz to‘shalgan

Qozog‘iston o‘z prezidentini kutmoqda: parlament binosi oldida qizil poyandoz to‘shalgan

Qozog‘iston parlament binosi oldida qizil gilamlar to‘shaldi, deb xabar qilmoqda Sputnik Qozog‘iston muxbiri.

Ta’kidlanishicha, bu gilamdan Birinchi prezident - Yelbasi Nursulton Nazarboyev, shuningdek, Kasim-Jomart Tokayev o‘tishi kutilmoqda. Tokayev Konstitusiyaga binoan qasamyod keltirgach saylovlarga qadar prezident vazifasini bajaradi.

Bugun, 20 mart kuni 12:00 parlament binosida senat va majlisning qo‘shma yig‘ilishi o‘tkaziladi. Kutilishicha, prezident lavozimiga kirishayotgan Tokayevning qasamyod qabul qilishi marosimi o‘tkaziladi.

Shu bois, erta tongdan parlament binosi yonida ommaviy axborot vositalari vakillari to‘planishgan, binoga kiraverishda prezident teleradiomajmuasi hamda respublika kanallarining harakatlanuvchi televizion stansiyalari joy egallagan.

Quni kecha Nursulton Nazarboyev qasamyod qabul qilinishi marosimini o‘tkazish to‘g‘risida o‘zining eng so‘nggi qarorini imzolagan edi.

Qo‘shma yig‘ilish chaqirish haqidagi farmoyish esa majlis raisi Nurlan Nigmatulin tomonidan imzolangan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!