Qozog‘iston shaharlari orasidagi blok-postlar 1 iyundan olib tashlanadi 

Qozog‘iston shaharlari orasidagi blok-postlar 1 iyundan olib tashlanadi 

Qozog‘iston shaharlari orasidagi yo‘l-nazorat punktlari olib tashlanadi. Bu haqda Qozog‘iston Ichki ishlar vazirligi transport qo‘mitasi raisining o‘rinbosari Janibek Tayjanov ma’lum qildi, deya xabar beradi Kazinform.

«Idoralararo komissiyaning 1 iyundan boshlab shaharlar orasidagi blok-postlarni olib tashlash to‘g‘risidagi qaroriga binoan 5 iyun kuni transport tashuvlarini faollashtirish bo‘yicha ishlar olib boriladi», - dedi J.Tayjanov.

Uning aytishicha, bosh sanitariya inspektori buyrug‘i talablarini hisobga olgan holda avtobusda yo‘lovchilarni avtobusda tashishda tegishli ishchi algoritmi ishlab chiqilgan. Shu bilan birga, marshrutning so‘nggi nuqtalarida avtobuslarni dezinfeksiyalash, avtoulovga faqat tibbiy niqob taqqan holda chiqish va boshqa xavfsizlik choralari ko‘rilmoqda.


 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!