Qozog‘iston prezidenti Rossiya va Eronga bormoqchi

A A A
Qozog‘iston prezidenti Rossiya va Eronga bormoqchi

Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayev Rossiya va Eronga tashrif buyuradi, deya xabar bermoqda davlat rahbari matbuot xizmati «BORT №1» rasmiy Telegram kanalida.

Matbuot xizmati xabariga ko‘ra, 17 iyun kuni To‘qayev Rossiya etakchisi Vladimir Putinning taklifiga binoan Sankt-Peterburg xalqaro iqtisodiy forumining 25-yillik yubileyida ishtirok etadi.

Davlat rahbari Sankt-Peterburg xalqaro iqtisodiy forumining yalpi majlisida nutq so‘zlashi, shuningdek, qator ikki tomonlama uchrashuvlar o‘tkazishi rejalashtirilgan.

Bundan tashqari, 19 iyun kuni Tokayev Eron prezidenti Ibrohim Raisi taklifiga binoan rasmiy tashrif bilan Tehronga boradi.

Eronda oliy darajadagi ikki tomonlama muzokaralar, shuningdek, qator hukumatlararo hujjatlar imzolanishi rejalashtirilgan, deya xabar bermoqda Qozog‘iston prezidenti matbuot xizmati nashri.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!