Qozog‘iston parlamenti Nazarboyevni bir umrlik vakolatlaridan mahrum qilishni ma’qulladi

Qozog‘iston parlamenti Nazarboyevni bir umrlik vakolatlaridan mahrum qilishni ma’qulladi

Qozog‘iston parlamentining quyi palatasi (Majilis) birinchi prezident Nursulton Nazarboyevni Qozog‘iston Xavfsizlik Kengashi va Qozog‘iston Xalqlari Assambleyasi (QXA) raisligidan chetlatish bo‘yicha bir qancha konstitusiyaviy qonunlarga o‘zgartirishlarni ma’qulladi. Bu haqda deputat Kanat Nurovga tayanib, «RIA Novosti» xabar bermoqda.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Elboshining o‘zi ham shunday qadam tashlashga qaror qilgan, bu haqda bir kun avval videomurojaati chog‘ida ma’lum qilgan

Nurovning tushuntirishicha, tegishli o‘zgartirishlar parlament yuqori palatasi (Senat) va amaldagi prezident Qosim-Jomart Toqayev tomonidan ma’qullanishi bilan sobiq davlat rahbari o‘z vakolatlarining bir qismidan mahrum bo‘ladi. «Endi APK va Xavfsizlik kengashiga raislik haqli ravishda shaxsi bo‘yicha emas, lavozimi bo‘yicha Qozog‘iston Respublikasi Prezidentiga tegishli», dedi deputat.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!