Qozog‘iston mudofaa vaziri harbiy omborlardagi portlashdan keyin iste’foga chiqdi

Qozog‘iston mudofaa vaziri harbiy omborlardagi portlashdan keyin iste’foga chiqdi

Qozog‘iston janubidagi harbiy qism hududida sodir bo‘lgan portlashlardan so‘ng mamlakat mudofaa vaziri Nurlan Yermekbayev iste’foga chiqishga tayyorligini ma’lum qildi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmatiga tayanib, Tengrinews xabar berdi.

Vazirlik xabarida ta’kidlanishicha, iste’fo to‘g‘risidagi qarorni mamlakat hukumati qabul qiladi. Hozir barcha kuchlar voqea oqibatlarini bartaraf etishga qaratilgan.

Vazirning o‘zi ma’lum qilishicha, «portlashlar e’lon qilingan birinchi daqiqadayoq u iste’foga chiqishga qaror qilgan». «Hozir mening asosiy vazifam — ushbu hodisa oqibatlarini bartaraf etish», — dedi u.

Respublika Mudofaa vazirligi matbuot xizmatiga ko‘ra, vazir «hozirda oqibatlarni tugatish tashvishida, uning uchun barcha oqibatlarini bartaraf etish muhim». «Shundan keyin u iste’foga chiqishga tayyor», — deyiladi xabarda.

Ermekbayev 2018 yilning avgust oyida Qozog‘iston Mudofaa vazirligini boshqarishga kirishgan. Bungacha u ikki yil 2014 yildan 2016 yilgacha Qozog‘iston din ishlari va fuqarolik jamiyati vaziri, 2018 yil apreldan avgustgacha prezident yordamchisi — mamlakat xavfsizlik kengashi kotibi lavozimlarida ishlagan.

26 avgust kuni Qozog‘istonning Jambil viloyatidagi o‘q-dorilar omborlarida portlashlar sodir bo‘ldi. Hodisa portlash oqibatida besh askar halok bo‘ldi, jarohatlanganlar soni 90 kishiga yetdi.

Harbiy omborlar hududida 500 tonnadan ortiq trotil (portlovchi modda) saqlanardi. Harbiy qismda yong‘in davom etmoqda, 1,2 mingga yaqin odam evakuasiya qilindi. Rasmiylar hodisa sababi sifatida qasddan o‘t qo‘yish versiyasini istisno qilmayapti.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!