Qozog‘iston MDH davlatlarini narxlar oshishiga qarshi kurashishga chaqirdi

Qozog‘iston MDH davlatlarini narxlar oshishiga qarshi kurashishga chaqirdi

Qozog‘istoning Nursulton shahrida 20 may kuni MDH hukumat rahbarlari kengashining navbatdagi majlisi bo‘lib o‘tdi.

Majlisda Qozog‘iston bosh vaziri Alixon Ismoilov MDH mamlakatlarini oziq-ovqat narxlari oshishiga qarshi kuchlarni birlashtirishga chaqirgan. Jahonda oziq-ovqat narxlari indeksi 2021 yilgi aprel ko‘rsatkichdan deyarli uchdan bir baravar yuqori bo‘lgan. Ismoilov muammoni hal qilish uchun tashkiliy-iqtisodiy chora-tadbirlar majmuasini bosqichma-bosqich amalga oshirish kerakligini aytgan.

Qozog‘iston MDH davlatlarini narxlar oshishiga qarshi kurashishga chaqirdi

«Jumladan, qishloq xo‘jaligi bozorlarida, oziq-ovqat mahsulotlarining umumiy balansini ishlab chiqish orqali asossiz davlatlararo raqobatni kamaytirish mumkin. Qishloq xo‘jaligida investisiya va innovasion loyihalarni amalga oshirish uchun davlatlararo assosiasiyalar yoki qo‘shma korxonalar tashkil etish, tovarlarni o‘zaro taqsimlash tizimini rivojlantirish kerak», — degan rasmiy.

Shuningdek, Ismoilov 2021 yili Qozog‘iston va MDH davlatlari o‘rtasidagi o‘zaro tovar ayirboshlash hajmi qariyb uchdan birga oshib, 32 milliard 800 ming dollarni tashkil etganini eslatgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!