Qozog‘iston hukumati to‘liq iste’foga chiqdi

Qozog‘iston hukumati to‘liq iste’foga chiqdi

Qozog‘iston hukumati iste’foga chiqdi. Bu mamlakat parlamentining quyi palatasiga (majlis) o‘tkazilgan saylovlardan so‘ng odatiy tartib, deb xabar beradi Sputnik Qozog‘iston.

Davlat rahbari Qosim-Jomart Tokayevning farmonida ko‘rsatilganidek, hukumatning barcha a’zolari va bosh vazir o‘zlarining vazifalarini yangi vazirlar kabineti tuzilguncha bajaradilar.

Eslatib o‘tamiz, 10 yanvar kuni Qozog‘istonda majlis saylovlari bo‘lib o‘tdi. Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, sobiq prezident Nursulton Nazarboyev boshchiligidagi "Nur Otan" partiyasi 71,09 foiz natija bilan g‘olib bo‘lgan. Shuningdek, parlamentga kirish uchun zarur bo‘lgan ovozlarni Qozog‘iston Demokratik partiyasi "Oq yo‘l" (10,95% ovoz) va Qozog‘iston Xalq partiyasi (9,10% ovoz) oldi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!