Qozog‘iston hukumati ko‘cha namoyishlaridan so‘ng gaz narxini pasaytirishga qaror qildi

Qozog‘iston hukumati ko‘cha namoyishlaridan so‘ng gaz narxini pasaytirishga qaror qildi

Qozog‘iston hukumati Janaozen va Aqtovdagi ko‘cha namoyishlaridan so‘ng gaz narxini pasaytirishga qaror qildi.

Qozog‘iston prezidenti Qosim Tokayev ushbu shaharlar aholisi ko‘chalarga chiqib, yo‘llarni to‘sib qo‘yganidan keyin hukumatga suyultirilgan gaz narxini tartibga solish bo‘yicha topshiriq berdi, deb xabar qildi Tengrinews telegram kanali. Bundan tashqari, mahalliy hokimiyat organlari "o‘z tashabbusi bilan" narxni tushirib qo‘ygan yoqilg‘i quyish shaxobchalari egalarini ham tekshiradi.

Namoyishlar 2 yanvar kuni Janaozen shahrida boshlangan. Keyin esa Aqtov aholisi ko‘chaga chiqdi. Mahalliy nashrlarning yozishicha, 3 yanvar kuni tushda rasmiylar Olmaotaning markaziy maydonlariga o‘tish yo‘lini yopib qo‘ygan.

Janaozendagi namoyishchilarni qo‘llab-quvvatlash uchun mitingga chiqqan Ostona shahrining sakkiz nafar fuqarosi hibsga olingani ma’lum qilindi. "Ozodlik radiosi"ga ko‘ra, Chimkentda polisiya namoyishchilarning uylarini o‘rab olgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!