Qozog‘iston biznesi tartibsizlik natijasida qancha zarar ko‘rgani ma’lum bo‘ldi

Qozog‘iston biznesi tartibsizlik natijasida qancha zarar ko‘rgani ma’lum bo‘ldi

Qozog‘istondagi tartibsizliklar natijasida mamlakatdagi biznesga hozirgacha yetkazilgan zarar 91 mln dollarga (40 mlrd tenge) baholandi. Bu haqda mamlakatning «Atameken» milliy tadbirkorlar palatasi xabar berdi.

Shundan 39,5 mlrd tenge (89,8 mln dollar) Olmaotadagi ob’ektlar hisobiga to‘g‘ri keladi.

Zararning asosiy qismi savdo, umumiy ovqatlanish, transport, xizmat ko‘rsatish va moliya sektoridagi tadbirkorlik sub’ektlariga (xususan, bankomatlarga) yetkazilgan.

«Asosan binolar fasadi va kirish joylariga zarar yetkazilgan, shuningdek qimmatbaho texnikalar, jihozlar, interyer buyumlari, tovar zaxiralarini o‘g‘irlash bilan bog‘liq ko‘plab holatlar ro‘y bergan», — deyiladi xabarda.

Respublika bo‘yicha 43 ta ob’ektda joylashgan 300ga yaqin zarar ko‘rgan sub’ektlar aniqlandi (ulardan 12 tasi savdo-ko‘ngilochar markazlar va savdo uylari). «Qoramsaq» qurol-yarog‘ assosiasiyasi ma’lumotiga ko‘ra, Olmaotada oltida qurol do‘koni tunab ketilgan. Ular «Korgan-sentr», «Arma-56», «Anna-16», «Anna», «Orujeynik» va «Pro-Hunt».

Tashkilotning ta’kidlashicha, hozirda ob’ektlarga kirishning qiyinligi sababli aksariyat ijarachilar ko‘rgan zarar miqdorini aniqlash qiyin.

Qozog‘istonda besh kundan buyon noroziliklar davom etmoqda. Suyultirilgan gaz narxining keskin oshishi oqibatida yuzaga kelgan namoyishlar ommaviy tartibsizliklarga aylanib ketdi. Natijada Qozog‘iston hukumati barcha xududlarida favqulotda holat joriy etdi, prezident Qasim-Jomart Toqayev so‘rovi bilan KXSHT qo‘shinlari mamlakatga kiritildi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!