Qozog‘iston asosiy global muammolarni hal qilish uchun xalqaro forumni boshladi

Qozog‘iston asosiy global muammolarni hal qilish uchun xalqaro forumni boshladi

Qozog‘iston yangi muloqot platformasi – Ostona xalqaro forumini ishga tushirmoqda. Maqsad - global muammolarni hal qilishda sa’y-harakatlarni birlashtirish.

Bu haqda Qozog‘iston tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

"Xalqaro hamjamiyat kuchayib borayotgan qutblanish va geosiyosiy bo‘linish davriga qarab ketayotgan bir paytda Qozog‘iston asosiy global muammolarni hal qilishda sa’y-harakatlarni birlashtirish maqsadida yangi muloqot platformasi – Ostona xalqaro forumini ishga tushirmoqda. Forum Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jomart Tokayev shafeligida 2023 yilning 8-9 iyun kunlari Ostona shahrida bo‘lib o‘tadi", — deyiladi TIV xabarida.

Forum iqlim o‘zgarishi, oziq-ovqat taqchilligi va energiya xavfsizligi kabi muammolarni hal qilish yo‘llarini izlash maqsadida xorijiy hukumatlar, xalqaro tashkilotlar, biznes va ilmiy doiralarning yuqori martabali delegatlari o‘rtasida muloqot maydoniga aylanadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!