Qozog‘iston afg‘on ayollari uchun o‘quv dasturini tiklash niyatida

Qozog‘iston afg‘on ayollari uchun o‘quv dasturini tiklash niyatida

Qozog‘iston Tashqi ishlar vazirligi rasmiy vakili Aybek Smadiyarovning so‘zlariga ko‘ra, hukumat Tolibon va ushbu dasturni moliyalashtirgan Yevropa Ittifoqi bilan tegishli kelishuvlarga erishgan.

Uning so‘zlariga ko‘ra, mamlakat universitetlari Yevropa Ittifoqi va BMT Taraqqiyot dasturi hamkorligida amalga oshirilayotgan Qozog‘iston, Tojikiston va O‘zbekistondagi afg‘on talabalari uchun ta’lim loyihasida faol ishtirok etishda davom etadi.

2019 yilda Yevropa Ittifoqi 50 nafar afg‘on ayoliga Qozog‘iston va O‘zbekiston universitetlarida o‘qish imkonini beruvchi hamkorlik loyihasi uchun 2 million yevro ajratgandi. Keyinchalik, 2021 yilda loyiha qo‘shimcha mablag‘lar hisobidan kengaytirildi.

Tolibon afg‘on ayollarining chet elda ta’lim olishini taqiqlamaydi, lekin rasman ularni erkak qarindoshi hamrohligisiz mamlakatdan hech qanday maqsadda chiqarmaydi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!