Qozog‘iston 1 iyuldan ikki turdagi nafaqalar uchun ijtimoiy to‘lovlarni oshiradi

Qozog‘iston 1 iyuldan ikki turdagi nafaqalar uchun ijtimoiy to‘lovlarni oshiradi

Qozog‘istonda 1 iyuldan nogironlik va boquvchisini yo‘qotish holatlari bo‘yicha ijtimoiy to‘lovlar 14,5 foizga oshiriladi, deb xabar bermoqda Qozog‘iston bosh vaziri matbuot xizmati.

“Nogironlik bo‘yicha ijtimoiy nafaqalar miqdorini oshirish qariyb 92 ming oluvchini, boquvchisini yo‘qotganlik uchun – 61 ming oilani qamrab olish rejalashtirilgan”, — deyiladi xabarda.

2023 yilda 2 milliondan ortiq qozoq oilasi ijtimoiy nafaqa oladi. Ushbu maqsadlar uchun 1,2 trillion tenge ajratiladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!