Qoraqalpog‘istondagi namoyishlarda qancha odam jarohatlangani ma’lum bo‘ldi

Qoraqalpog‘istondagi namoyishlarda qancha odam jarohatlangani ma’lum bo‘ldi

1-2 iyul kunlari Qoraqalpog‘istondagi ommaviy tartibsizliklar natijasida 243 nafar fuqaro turli jarohatlar bilan shifoxonalarga murojaat qilgan, deya xabar berdi Milliy gvardiya Axborot xizmati boshlig‘i.

Uning so‘zlariga ko‘ra, jarohatlanganlarning 149 nafariga tez tibbiy yordam ko‘rsatilib, uyga javob berilgan.

«Hozirda kasalxonalarda jami 94 nafar bemor davolanmoqda va og‘ir ahvolda bo‘lganlari bor. Shu jumladan, jarohatlanganlar orasida huquq-tartibot xodimlari ham bor. Masalan, Milliy gvardiya Qoraqalpog‘iston bo‘yicha Qo‘riqlash boshqarmasi safdori ko‘krak qismidan o‘qdan jarohatlangan», — dedi Davron Jumanazarov.

Qolaversa, yana bir safdor chap oyoq boldir suyak yopiq sinish jarohatini, jizzaxlik va toshkentlik ikki nafar safdor bosh miya ochiq jarohatini olgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!