Qoraqalpog‘istonda topilgan "eshaklar qabristoni" bo‘yicha ma’lumot berildi

Qoraqalpog‘istonda topilgan "eshaklar qabristoni" bo‘yicha ma’lumot berildi

Ijtimoiy tarmoqlarda “Bir hafta ichida 55 ta eshak so‘yilgan, shuncha go‘sht qayerga ketyapti…” sarlavhasi ostida tarqalgan videoga rasmiy munosabat bildirildi.

Qoraqalpog‘iston Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish qo‘mitasi Matbuot xizmatiga ko‘ra, ma’lumotni o‘rganish maqsadida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ekologiya qo‘mitasi va Ellikqal’a tumani xokimligi, Prokuratura, Ichki Ishlar bo‘limi, Veterinariya bo‘limi hamda Sanitariya epidemiologiya markazi xodimlari bilan birgalikda tezkor guruh tuzildi.

Tezkor guruh a’zolari huquqbuzarlik holati sodir etilgan joyda bo‘lib, zudlik bilan holat o‘rganildi va Qoraqalpog‘iston Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish qo‘mitasi bilan birgalikda hayvonlarni so‘yishdan hosil qilingan chiqindilar bartaraf etildi.

Ayni paytda mazkur holat yuzasidan tegishli tartibda huquqni muhofaza qilish organlari tomonidan qonunchilikda belgilangan tartib asosida choralar ko‘rish maqsadida tekshirish va surishtirish ishlari olib borilmoqda. Huquqbuzarlik holati yuzasidan surishtirish ishlari yakuni bo‘yicha yana qo‘shimcha ma’lumot beriladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!