Qoraqalpog‘istonda sharmandali suratlarni tarqatmaslik uchun pul talab qilgan shaxs ushlandi

Qoraqalpog‘istonda sharmandali suratlarni tarqatmaslik uchun pul talab qilgan shaxs ushlandi

Qoraqalpog‘iston Respublikasida yashovchi, fuqaro Ye.A. ariza bilan murojaat qilib, Telegram messenjeri orqali “Jamshid Xojayev” nomli noma’lum profil egasi, uning rasmlarini o‘ziga jo‘natib, ushbu rasmlarni yuborib 5.000.000 so‘m miqdorida pul talab qilganligini, agar ushbu pullarni bermasa internet ijtimoiy tarmoqlariga ushbu suratlarni tarqatib yuborishini aytib qizni qo‘rqitganligini bildirgan.

Olib borilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida, tovlamachilik qilib pullarni o‘zlashtirmoqchi bo‘lgan shaxs, Qo‘ng‘irot tumanida yashovchi, 1985 y.t., R.S. ekanligi aniqlangan.

R.S. pullarni olayotgan vaqtida ashyoviy dalil bilan ushlanib, tegishli tartibda hujjatlar rasmiylashtirilgan.

R.S. ga nisbatan O‘zR. JKning 165-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!