Qoraqalpog‘istonda shamol elektr stansiyasi quriladi

Qoraqalpog‘istonda shamol elektr stansiyasi quriladi

16 sentyabr kuni Qoraqalpog‘istonda 100 MVt quvvatga ega shamol elektr stansiyasini qurish bo‘yicha xalqaro tender natijalari e’lon qilindi.
(https://mift.uz/uz/news/oraalpoiston-respublikasida-shamol-elektr-stantsijasi-urilishi-uchun-investorlar-anilandi)
Ishlab chiqariladigan 1 kVt/s elektr energiya uchun 2,5695 AQSh sentiga teng tarifni taklif qilgan ACWA Power (Saudiya Arabistoni) kompaniyasi shamol elektr stansiyasini qurish bo‘yicha xalqaro tender g‘olibi deb, e’lon qilindi. Ishlab chiqariladigan 1 kVt/s elektr energiya uchun 2,6550 AQSh sentiga teng tarifi bilan Masdar (BAA) kompaniyasi ushbu tenderning zaxira g‘olibi deb, e’lon qilindi.

Investisiyaviy majburiyatlarga muvofiq, shamol elektr stansiyasi 2023 yilning o‘rtalariga kelib ishga tushiriladi. Loyihalarni amalga oshirishga jalb etiladigan to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investisiyalar hajmi 140 mln dollarga baholanmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!