Qoraqalpog‘istonda qor yog‘di

Qoraqalpog‘istonda qor yog‘di

Qoraqalpog‘istonning Nukus shahri va oltita tumanida 24 dekabr tongidan boshlab yog‘ayotgan qor sababli jamoat transportidagi 1400 ta «Damas» mashinasi harakati va tumanlararo avtobus qatnovlari vaqtincha to‘xtatildi.

Qoraqalpog‘iston Transport vazirligi matbuot kotibi Zaxida Kaljanovaning «Gazeta.uz»ga ma’lum qilishicha, «Damas» mashinalari o‘rniga «Shimbay Avto Trans «davlat unitar korxonasiga tegishli 40 dan ortiq avtobuslar shahar ichida qatnovga chiqarilgan.

Yo‘lovchilarnining xavfsizligini ta’minlash va YTHlarning oldini olish maqsadida tumanlararo yo‘lovchi tashuvchi avtobus va mikroavtobuslar harakati vaqtinchalik to‘xtatilgan. «Agar qorlar yerib, yo‘llar ochilsa transportlar harakati qayta tiklanadi», — dedi Zaxida Kaljanova.

Cinoptik Renat Sultashovning fikricha, shanba kuni tushki vaqtgacha qor yog‘ishda davom etadi va sovuq havo 3−4 kun davomida saqlanib qoladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!