Qoraqalpog‘istonda «Kinokarvon» tadbirlari o‘tkazilmoqda

Qoraqalpog‘istonda «Kinokarvon» tadbirlari o‘tkazilmoqda

Qoraqalpog‘istonda «Kinokarvon» tadbirlari o‘tkazilmoqda

14-21 avgust kunlari Qoraqalpog‘iston Respublikasida “Yangi O‘zbekistonda el aziz, inson aziz” shiori ostida madaniy-ma’rifiy tadbirlar bo‘lib o‘tmoqda.

Kinematografiya agentligi jamoasi, taniqli san’atkorlar, ma’naviyat targ‘ibotchilari va ijodkorlar ishtirokida aholi bilan muloqotlar, konsert dasturlari va ijodiy uchrashuvlar o‘tkazilib, milliy filmlar namoyishini Qoraqalpog‘iston Respublikasining barcha hududlarida yuqori saviyada tashkil etilishi belgilangan.

«Kinokarvon» tadbirlari doirasida «Tengiz», «Tanka», «Amu sohili kuychisi. Berdaq», «El farzandi», «Talvasa», «Muhabbat bahori», «Ayol qalbi», «Bir kunlik to‘y», «101-reys», «Me’ros», «Puling bo‘lsa» va «Vatan ostonasida» kabi 15 dan ortiq badiiy va hujjatli filmlarning namoyishlari o‘tkazilmoqda.

O‘zbekiston xalq artisti Muhammadsoli Yusupov, O‘zbekiston xalq artistlari Dilorom Karimova, Abduhalil Mignorov, Matyoqub Matchonov kabi yigirmadan ortiq san’atkorlar ishtirokida ijodiy uchrashuvlar tashkil etiladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!