Qoraqalpog‘istonda ilk marta pilladan yiliga 3 marotaba hosil olish tajribasi sinovdan o‘tkazildi

Qoraqalpog‘istonda ilk marta pilladan yiliga 3 marotaba hosil olish tajribasi sinovdan o‘tkazildi

Qoraqalpog‘iston Respublikasida 6 ming 400 dan ortiq fermer xo‘jaliklari 10 dan ortiq yo‘nalishlarda samarali faoliyat olib bormoqda. Ko‘plab xo‘jaliklar mahsulot yetishtirishdan uni eksport qilishgacha bo‘lgan jarayonni qamrab olgan.

Qoraqalpog‘istonda joriy yilda dehqon va fermer xo‘jaliklarini moddiy-texnik bazasini mustahkamlash borasida keng ko‘lamli ishlar amal oshirildi. Hududda o‘tgan yili ko‘p tarmoqli fermer xo‘jaliklari soni 2 ming 800 tani tashkil qilgan bo‘lsa, joriy yilda ular 4 mingtaga yaqinlashdi.

Joriy yilda Qoraqalpog‘istonda ilk bor pilladan yiliga 3 marotaba hosil olish tajribasi sinovdan o‘tkazilib, ushbu sinov o‘zining ijobiy natijasini berdi. Birinchi hosilda 550 tonna, ikkinchi hosilda 10 tonna, uchinchi hosilda 47 tonna pilla yetishtirishga erishildi.

Prezidentimizning 2018 yil 8 dekabrdagi “Qishloq xo‘jaligi xodimlari kuni munosabati bilan soha rivojiga munosib hissa qo‘shgan yurtdoshlarimizdan bir guruhini mukofotlash to‘g‘risida”gi farmoniga muvofiq davlatimizning faxriy unvon, yuksak orden va medallariga sazovor bo‘lganlar orasida ana shu yutuqlarga o‘zlarining munosib hassasini qo‘shib kelayotgan insonlar ham bor.

Qoraqalpog‘iston Respublikasida mamlakatimiz qishloq xo‘jaligi xodimlari kuni va Hosil bayrami munosabati bilan tashkil etilgan tadbirlarda bu haqda alohida to‘xtalib o‘tildi.

Nukus shahrida tashkil etilgan Hosil bayramida esa barcha tuman va shaharlardan kelgan soha xodimlari, mutaxassislar, keng jamoatchilik vakillari va yoshlar ishtirok etdi. Bayram tadbirlari doirasida turli tanlov hamda musobaqalar tashkil etildi.  

Manba: uza. uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!