Qoraqalpog‘istonda "Cobalt" haydovchisi YTHga uchrab, voqea joyida halok bo‘ldi

Qoraqalpog‘istonda "Cobalt" haydovchisi YTHga uchrab, voqea joyida halok bo‘ldi

Qoraqalpog‘istonning Taxtako‘pir tumanida YTHga uchragan «Cobalt» haydovchisi voqea joyida halok bo‘ldi. Bu haqda Yo‘l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi axborot xizmati xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, avtohalokat 2021 yil 3 aprel kuni Taxtako‘pir tumani 4R-176 Nukus–Chimboy yo‘lining 108–109-kilometrida sodir bo‘lgan. Nukus shahridan Taxtako‘pir tumaniga qarab kelayotgan «Cobalt» yo‘lning o‘ng tarafidagi beton to‘siqqa urilgani aniqlangan.

Oqibatda avtomobil haydovchisi voqea joyida halok bo‘lgan. Hozirda surishtiruv harakatlari davom ettirilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!