Qoraqalpog‘istonda bir nechta fuqaro koronavirusdan tuzaldi

Qoraqalpog‘istonda bir nechta fuqaro koronavirusdan tuzaldi

Qoralpog‘iston Respublikasi yuqumli kasalliklar shifoxonasida 4 nafar koronavirusga chalingan bemor sog‘aydi va reabilitasiyaga kuzatildi.

Tuzalganlarning barchasi erkak bo‘lib, yoshi kattasi 43 yoshda, yoshi kichigi 25 yoshda. Hududlar kesimidagi oladigan bo‘lsak, Buxoro va Toshkent viloyatlaridan 1 nafardan, Ukraina Respublikasidan 2 nafar.

Endilikda Qoraqalpog‘istonda sog‘ayganlar soni 133 nafarga yetib, hozirda davolanayotganlar 3 nafarni tashkil etmoqda. Fidoyi shifokorlarimizning sa’y-harakatlari tufayli ushbu hudud koronavirusdan xoli bo‘lishga juda yaqin turibdi.

Ayni paytda mamlakatimizda koronavirus infeksiyasidan sog‘ayganlar 3018 nafarga yetdi.

Sog‘liqni saqlash vazirligi
Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi.

 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!