Qoraqalpog‘istonda 29 yashar erkak onasi tengi ayolni do‘pposladi

Qoraqalpog‘istonda 29 yashar erkak onasi tengi ayolni do‘pposladi

Qoraqalpog‘iston. 2020 yilning 03 aprel kuni soat 00:20 da Beruniy tumani “Paxtakor” aholi manzilida 29 yoshli M.K., mast holatda qo‘shnisi 54 yoshli G.K. (ayol), ning turar joyiga kirib, qo‘llari hamda tergovga qadar tekshiruv davrida aniqlashning imkoni bo‘lmagan jism bilan G.K,ning tanasini turli qismlari va bosh sohasiga urib, tan jarohatlari yetkazgan. Natijada G.K., tan jarohatlari bilan tuman tibbiyot birlashmasmiga yotqizilgan.

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamentining yozishicha, mazkur holat yuzasidan Beruniy tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘linmasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 104-moddasi 2-qismi “e” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, M.K.,ga ayb e’lon qilinib, unga nisbatan “qamoqqa olish” tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan. Dastlabki tergov harakatlari davom etmoqda.

 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!