​Qon quyuqlashishi qanchalik xavfli?

​Qon quyuqlashishi qanchalik xavfli?

Ko‘pchilik insonlar hayotida bir marta bo‘lsa ham qon tahlili topshirgan yoki vena orqali in’eksiya qabul qilgan. Shu paytda ba’zi bemorlar o‘zining qoni to‘q rangga kirib, quyuqlashganiga guvoh bo‘ladi.

🗒 Mutaxassislarning fikricha, bu holatga e’tiborsiz bo‘lish kerak emas. Aksincha, qon tahlillari orqali uning quyuqlashib ketgani aniq bo‘lgach, vaqtida davolanish zarur. Aks holda, organizmda turli kasalliklar kelib chiqishi mumkin.

🩸 — Qon – inson tana a’zo va to‘qimalarini kislorod hamda zarur ozuqa moddalari bilan ta’minlovchi muhim suyuqlik, — deydi oliy toifali shifokor Nazokat Oripova. — U infeksiyalarga qarshi kurashib, ichki a’zolar faoliyatida ishtirok etadi. Qon quyuqlashishi organizmdagi ana shu jarayonlarning buzilishiga olib keladi. Oqibatda yashirin kasalliklar yuzaga kelishi yoki yangilari paydo bo‘lishi mumkin.

🍔 Qon quyuqlashishiga ko‘pincha sovqotish, qattiq asabiylashish, qandli diabet, shuningdek shirinliklar, kartoshka, banan, tuxum, gazli ichimliklar, fast-fud va turli qovurma taomlar sabab bo‘ladi. Qolaversa, bu holat kam suyuqlik ichish, havo haroratining ko‘tarilishi yoki keskin pasayishi va organizmdagi ayrim o‘zgarishlar tufayli ham yuzaga keladi.

😬 Natijada insonda bosh og‘rig‘i, jizzakilik, tushkunlik, xotira pasayishi, holsizlik, uyquchanlik, qo‘l va oyoqlar sovqotishi, og‘iz qurishi kuzatiladi.

🫀 Yurak tez urishi, nafas qisishi, tananing turli qismlarida ko‘karishlar paydo bo‘lishi va tirnoq shakli o‘zgarishi mumkin. Hatto miyaga qon yaxshi yetib bormasa, bosh aylanishi, hushdan ketish ehtimoli ham mavjud. Bu salbiy holatlar esa tomirlarda qon aylanishining buzilishi va trombozlar hosil bo‘lganidan darak beradi. Oqibatda insult va infarkt xavfi ortadi.

🔬Qon holatini tekshirish uchun shifokorga murojaat qilish maqsadga muvofiq. Agar tibbiy teeshiruvlardan so‘ng uning quyuqligi me’yordan ortiq ekani ma’lum bo‘lsa, zarur muolajalar tayinlanadi.

💊 Biroq qonni suyultiruvchi dori vositalarini o‘zboshimchalik bilan qabul qilish mumkin emas. Sababi uning haddan ortiq suyuqlashishi jarohatlarda qonning to‘xtamay qolishiga olib keladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!