Qon bosim kasalligi bor bemorlar uchun qaysi oylar xavfli?

Qon bosim kasalligi bor bemorlar uchun qaysi oylar xavfli?

Iqtisodchi, bloger Otabek Bakirov o‘z telegram kanalida aholi demografiyasi bilan bog‘liq o‘lim statistikasi ma’lumotlari bilan bo‘lishgan. So‘nggi ikki yil yilning uchunchi choragida aholi orasida o‘lim holatlari kuzatilishi mana ikkinchi yildirki mavsumga xos bo‘lmagan statistik raqamlarni beryapti. 2020-2021 yillarning iyul, avgust hamda sentyabr oylarida o‘lim statistik ko‘rsatgichlar mavsumga xos bo‘lmagan ko‘rinishda "yuqorilamoqda".

Tabiiyki, ko‘pchilik buni koranavirus omili bilan bog‘laydi. To‘g‘ri bu bor gap, o‘tgan ikki yozda koranavirus to‘lqini avj olmoqda. Ammo, ushbu yildagi anomal issiq havo omili aholining bemor qatlam orasida o‘lim hodisalarini keltirib chiqargan bo‘lishi ham mumkin. Lekin, bu juda kichik salmoqga ega.

Kuz-qish oylari bo‘lmish noyabr-dekabr oylari juda tez o‘zgaruvchan ob-havo o‘zgarishlarga xos davrdir. Bir-biridan keskin farq qiluvchi issiq va sovuq haroratli oqimlar, yog‘insiz kunlar ortidan, tez-tez yog‘ingarchilikning kuzatilishi havodagi atmosfera bosimining keskin o‘zgarishlari fonida yuz beradi. Bunda qon bosim kasalligi bor bemorlar ko‘p jabr ko‘rishadi. Qon bosimi dinamikasini ma’lum bir muvozanatda ushlab turish uchun turli oziq-ovqat mahsulotlari iste’molidan tiyilgan bemorlar ham bu mavsum oralig‘idan juda qiyinchilik bilan o‘tib olishadi. Azaldan shunday bo‘lib kelgan. Shuning uchun yilning to‘rtinchi choragida oldindan o‘lim hodisalari iqlim omili sabab boshqa chorakka nisbatan yuqori bo‘lib turgan.

Kelgusida medisina tarmog‘ida O‘zgidromet bilan hamkorlikda atmosfera bosimining keskin o‘zgarishlari, uning kutilajak qiymatlarini oldindan prognoz qilgan holda qon bosimi mavjud bemorlarga konsultasiya berish tarmog‘i joriy qilinsa yomon bo‘lmasdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!