Qohiradan uchayotgan samolyot Ufaga favqulodda qo‘ndi

Qohiradan uchayotgan samolyot Ufaga favqulodda qo‘ndi

Qohiradan uchayotgan Boeing 767 samolyoti Ufaga favqulodda qo‘ndi.

Favqulodda qo‘nishga tormoz tizimining qizib ketishi sababli shassi yong‘inlari sabab bo‘lgan, deb yozadi “TASS” favqulodda xizmatlarga tayanib.

Shassi darhol o‘chirilgan. Samolyotda 334 yo‘lovchi bo‘lgan, ular samolyotdan tushirilgan. Hech kim zarar ko‘rmagan.

Transport prokurorining so‘zlariga ko‘ra, hodisa tekshirilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!