Qodirov Turkiya prezidentini “Azovstal”dagi ishlarga aralashmaslikka chaqirdi

Qodirov Turkiya prezidentini “Azovstal”dagi ishlarga aralashmaslikka chaqirdi

Checheniston rahbari Ramzan Qodirov Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘anga murojaat qilib, Mariupoldagi “Azovstal” zavodi hududida joylashgan ukrainalik harbiylarga yordam bermaslikka chaqirdi. Bu haqda Qodirov o‘zining Telegram kanalida ma’lum qilgan.

Qayd etilishicha, Qodirov Erdo‘g‘anning evakuasiya rejasi haqidagi bayonotlarini tanqid qilgan, biroq musulmon davlati rahbarini hurmat qilishini ta’kidlagan. Shuningdek, Checheniston rahbari "Azov" polkini “Donbass aholisini o‘ldirishda aybdor bo‘lgan fashistik jinoiy qurolli tuzilmasi” deb atagan.

“Men Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘anga murojaat qilaman: Azov xalqi qotil va ateistlardir, ular endi o‘zlarini sizlarga Rossiya tajovuzining begunoh qurbonlari sifatida ko‘rsatmoqchi. Sizning yordamingiz bilan sud va munosib jazodan qochishni xohlaydigan jinoyatchilarga aldanmang", deb yozgan Qodirov.

Checheniston rahbarining fikricha, Rossiya musulmonlari Turkiyaning Ukrainaga “Bayraktar” uchuvchisiz uchish apparatlarini yetkazib berganidan norozi bo‘lgan. Musulmonlar Anqara “islomning ashaddiy muxoliflari va qoralovchilarini evakuasiya qilishga” tayyorligi haqidagi xabarni ham yomon qabul qilishgan.

Avvalroq, Turkiya “Azovstal” zavodidan yarador bo‘lgan ukrainalik harbiylarni evakuasiya qilish uchun kema jo‘natishni taklif qilgandi. Turkiya Prezidenti maslahatchisi Ibrohim Kalin rejaga ko‘ra, yarador askarlar Berdyanskka yetkazilishi, u yerdan turk kemasi bilan Istanbulga olib ketilishi kerakligini ma’lum qilgandi.

Ma’lumot o‘rnida, joriy yilning 19 aprel kuni tan olinmagan Donesk xalq respublikasi (DXR) xalq milisiyasining harbiy guruhlari Mariupoldagi “Azovstal” zavodi hududiga hujum boshlagandi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!