"Qizingiz bilan qamoqda birga o‘tirganman": Qashqadaryoda 59 yoshli ayol boshqa bir ayolning tuzog‘iga ilindi

"Qizingiz bilan qamoqda birga o‘tirganman": Qashqadaryoda 59 yoshli ayol boshqa bir ayolning tuzog‘iga ilindi

Qashqadaryo viloyati. Joriy yilning 13 fevral kuni Kasbi tumanida yashovchi 59 yoshli J.O.(ayol) Qarshi shahar IIO FMBga ariza bilan murojaat qilib, unda Koson tumanida yashovchi 36 yoshli E.M. (ayol) u bilan 2021 yil 18 dekabr kuni Qarshi shahridagi “Vatanparvar” bog‘ida uchrashib unga uning qizini yaxshi tanishini, u bilan birga qamoqda o‘tirganligini aytib, ishonchiga kirib, qizining bankdan olgan kreditini to‘lab berishiga ishontirib, jami 1.900 AQSh dollari miqdordagi pullarni firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritib, qizining kredit to‘lovlarini to‘lamasdan, har xil bahonalar bilan aldab kelayotganligini bildirib, undan pullarini olishda hamda unga nisbatan qonuniy chora ko‘rishni so‘ragan.

Mazkur holat yuzasidan Qarshi shahar IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksning 168-moddasi 3-qismi “b” bandi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!