Qiziltepada MIB xodimi jinoyatga qo‘l urdi. Unga hukm o‘qildi

Qiziltepada MIB xodimi jinoyatga qo‘l urdi. Unga hukm o‘qildi

Alibekov Validdin (ismi o‘zgartirilgan) 30.06.2017 yildan 01.08.2020 yilgacha Majburiy ijro byurosi Qiziltepa tuman bo‘limi inspektori vazifasida ishlab, xizmat vazifasiga fuqarolardan energiya iste’moli uchun naqd pul ko‘rinishida pul mablag‘larni olish vakolati mavjud bo‘lmasada, 2018 yilning iyul oyidan 2020 yilning iyul oyiga qadar tuman hududida yashovchi 33 nafar iste’molchilardan jami 10.187.000 so‘m miqdoridagi elektr energiyasi uchun to‘lovlarni, 21 nafar iste’molchilardan jami 6.181.000 so‘m miqdordagi pul mablag‘larni tabiy gaz to‘lovi uchun qabul qilib, ularni ushbu pul mablag‘larini abonent hisob raqamlariga to‘lab qo‘yishiga hamda ularni o‘zi tomonidan chakana savdodan sotib olgan to‘lov cheklariga ushbu pullarini olganligini tasdiqlab, cheklarni iste’molchilarga berish yo‘li bilan ishontirib, ushbu pul mablag‘larini ularning abonent hisob raqamlariga kirim qilmasdan o‘z manfaatlari yo‘lida sarflab, jami 16.368.000 so‘mlik pul mablag‘larini firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritib, pulni o‘zining shaxsiy ehtiyojlariga uchun sarflab yuboradi.

JIB Qiziltepa tuman sudining ochiq sud majlisida V.Alibekovning jinoyat ishi ko‘rib chiqildi. Sud majlisida sudlanuvchining chin ko‘ngildan pushaymonligi, oilvaiy sharoiti, jinoyat ishi bo‘yicha moddiy zarar to‘liq qoplanganligi e’tiborga olinib, Alibekov Validdinga (ismi o‘zgartirilgan) O‘zbekiston Respublikasi JK 168-moddasi 3-qismining “b” bandi bilan oylik ish haqining yigirma foizini davlat daromadi hisobiga ushlab qolgan holda 3 (uch) yil axloq tuzatish ishlari jazosi tayinlandi.

A. Avezov, JIB Qiziltepa tuman

sudi raisi


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!