Qiyin savollarga sodda va aniq javoblar

Qiyin savollarga sodda va aniq javoblar

Ushbu maqolaning yozilishiga sobiq moliya vaziri o‘rinbosari Abdulla Abdukadirov tomonidan feysbuk sahifasida bank-moliya va davlat boshqaruviga oid ko‘tarilgan savollar turtki bo‘ldi. Mazkur savollar iqtisodiy tahlilchilar va ekspertlarni-da o‘ylantirib kelayotgan masalalardan ekanligini hisobga olinsa, keng jamoatchilikka yanada qiziq bo‘lishini tahmin qilish mumkin. Shuning uchun, quyida sobiq moliya vaziri o‘rinbosari bilan bir qatorda ko‘pchilikni o‘ylantirib kelayotgan qiyin savollarga sodda va aniq javob berishga harakat qilinadi.

1. “O‘zbekistonda yuqori foiz stavkalari bozor kon’yunturasining belgisi/natijasi emas, balki mavjud moliyaviy resurslar va vositalarni noto‘g‘ri boshqarish belgisi/natijasidir”.

“Banklar daromadining 40 foizdan kamrog‘i kredit portfelidan keladigan daromadga to‘g‘ri kelishini hisobga olinsa, nima uchun inflyasiya darajasi banklar uchun stavkalarni aniqlashda yagona mezon bo‘lishi kerak? Bankning boshqa daromadlari qanday rol o‘ynaydi? Ushbu daromadlar notijoriy imtiyozli kreditlar bo‘yicha zararni qoplaydimi?”

Bozor iqtisodiyotida foiz stavkalari pulni ushlab turish yoki qarzga berish narxini belgilaydi. Kredit stavkalarini belgilashda banklar asosan 3 ta ko‘rsatkichdan kelib chiqadi: moliyaviy resurslarning narxi, kredit riski (premiyasi) va foyda marjasi. O‘z navbatida, moliyaviy resurslarning narxini asosan quyidagi omillar belgilaydi:

  1. Depozitlar bo‘yicha o‘rtacha bozor stavkasi;
  2. Jalb qilingan depozitlar bo‘yicha majburiy zaxira me’yorlari;
  3. Bankning operasion xarajatlari.

Mazkur omillarning har biriga inflyasiyaning ta’siri mavjudligini taxmin qilish qiyin emas. Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazining empirik hisob-kitoblariga ko‘ra, inflyasiya darajasining 1% ga ko‘tarilishi yuridik shaxslar depozit foiz stavkalarini o‘rtacha 0,7% ga oshishiga olib keladi. Shuningdek, ushbu ko‘rsatkich qisqa muddatli va uzoq muddatli kreditlar uchun mos ravishda 0,58% va 0,61%ni tashkil etadi.

Inflyasiyaning kreditlar va depozitlar foiz stavkalariga ta’siri*

Ko‘rsatkichlar

Coef.

Std.Err.

t

P>|t|

[95% Conf. Interval]

1.

Qisqa muddatli kredit foiz stavkalari

0.58

0.0596

9.80

0.000

0.4662

0.7027

2.

Uzoq muddatli kredit foiz stavkalari

0.61

0.0587

10.40

0.000

0.4941

0.7269

3.

Yuridik shaxslar depozit foiz stavkalari

0.69

0.0647

10.70

0.000

0.5640

0.8207

Izoh: * imtiyozli kreditlar va miqroqarzlar bo‘yicha foiz stavkalarni hisobga olmagan holda

2021 yil oktyabr oyi yakunlari bo‘yicha jismoniy shaxslar depozitlari o‘rtacha tortilgan foiz stavkasi 19,6%ni tashkil etgan bo‘lsa, yuridik shaxslar jamg‘armalarini bank depozitlariga joylash uchun stavkalar o‘rtacha 15,1% bo‘lishini talab etishmoqda.

Markaz hisob-kitoblariga ko‘ra, hozirgi kunda kredit valyutasidan kelib chiqib, kredit bo‘yicha yakuniy foiz stavkasining 70-80% moliyaviy resurslar (depozitlar) narxlari ulushiga to‘g‘ri kelmoqda. Shundan kelib chiqib, aytish mumkinki, depozit bozorida o‘rtacha foiz stavkalari 15-20% bo‘lib turgan bir paytda, kreditlar bo‘yicha o‘rtacha stavkasi 21-25% atrofida shakllanishi aynan bozor mexanizmlaridan dalolat beradi.

Kredit va depozitlar bo‘yicha o‘rtacha foiz stavkalari va inflyasiya


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!