Qishki Universiada-2021 bekor qilindi. Sababi...

Qishki Universiada-2021 bekor qilindi. Sababi...

Shveysariyada o‘tkazilishi lozim bo‘lgan 2021 yilgi Qishki Universiada tashkiliy qo‘mitasi tadbir bekor qilinganini bildirdi.

Xabar qilinishicha, bu koronavirusning yanada xavfli deb hisoblanayotgan «omikron» shtammi paydo bo‘lishi bilan bog‘liq.

JSST yangi shtammni xavfli deb toifalaganidan so‘ng Shveysariya hukumati mamlakatga kirishga nisbatan cheklovlar joriy etdi. Tashkilotchilarning fikricha, tez orada kiritilgan choralar yanada keskinlashadi.

Qishki Universiada 11-21 dekabr kunlari Lyusern shahrida o‘tkazilishi rejalashtirilgandi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!