Qirg‘izistonning tashqi savdo aylanmasi yarim yilda 5 milliard dollarni tashkil etmoqda

Qirg‘izistonning tashqi savdo aylanmasi yarim yilda 5 milliard dollarni tashkil etmoqda

Qirg‘izistonning 2022 yil yanvar-iyun oyida amalga oshirgan tashqi savdo aylanmasi miqdori 5 milliard AQSh dollarini tashkil etdi.

Mamlakat milliy statistika qo‘mitasi ma’lum qilishicha, ushbu ko‘rsatkich 2021 yil yanvar-iyun oylari bilan taqqoslaganda 25,4 foizga ko‘p.

Qirg‘iziston Respublikasining Yevroosiyo iqtisodiy hamkorligiga a’zo mamlakatlar bilan o‘zaro savdo aylanmasi 2022 yil yanvar-iyun oyida 2 milliard AQSh dollarini tashkil etgan va 2021 yilning shu davriga nisbatan o‘sish 34 foizni tashkil etgan. Shu bilan birga, eksport hajmi 1,7 marotaba ortgan bo‘lsa, import 23 foizni tashkil etgan.

Qirg‘izistonning Yevroosiyo iqtisodiy hamkorligiga a’zo mamlakatlar bilan savdo aylanmasida asosiy ulushi Rossiya (70 foiz) va Qozog‘istonga (27,9 foiz) to‘g‘ri kelmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!