Qirg‘izistonda yangi muftiy saylandi

Qirg‘izistonda yangi muftiy saylandi

Kecha Qirg‘iziston musulmonlari qurultoyi bo‘lib o‘tdi, unda Qirg‘izistonning yangi Oliy muftiyi saylandi.

Ushbu lavozimga to‘qqiz kishi nomzodi qo‘yilgan bo‘lib, bu nomzodlar ichidan Zamir Rakiyev mamlakat oliy muftiysi etib saylangan. Bu haqda Qirg‘iziston musulmonlari diniy idorasi matbuot xizmati xabar bermoqda. Yangi saylangan Zamir Rakiyev bir necha yil sobiq muftiyning o‘rinbosari bo‘lib ishlagan.

Avvalroq, muftiy lavozimiga saylovlar o‘tkaziladigan kun epidemiologik vaziyat sababli qoldirilgan edi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!