Qirg‘izistonda O‘zbekiston sarmoyasi ishtirokidagi nechta korxona faoliyat yuritayotgani ma’lum bo‘ldi

Qirg‘izistonda O‘zbekiston sarmoyasi ishtirokidagi nechta korxona faoliyat yuritayotgani ma’lum bo‘ldi

Vazirlar Mahkamasi Raisi – Qirg‘iziston Prezidenti Administrasiyasi rahbari Oqilbek Japarov yig‘ilganlarga tabrik so‘zi bilan murojaat qildi.

2022 yilning 11 oyi yakunlariga ko‘ra, ikki davlat o‘rtasidagi tovar ayirboshlash hajmi 543,2 million dollarni tashkil etdi. 2021 yilning shu davriga nisbatan 21 foizga o‘sgan.

«Albatta, bu strategik hamkorlarning o‘zaro savdosi uchun chegaraviy ko‘rsatkichlar emas. Umid qilamanki, yaqin kelajakda tovar ayirboshlash hajmi milliardlab dollarga etadi.

Mamlakatlarimiz ishlab chiqaruvchilar, ishlab chiqaruvchilar uyushmalari, savdo-sanoat palatalari va boshqa xo‘jalik birlashmalari o‘rtasidagi aloqalarni faollashtirishimiz zarur.

Shu bilan birga, hamkorlik mexanizmlarini samarali shakllantirish, byurokratiyani minimallashtirish va ishbilarmon doiralar o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqalarni rivojlantirish, tovarlar va sarmoyalarning erkin harakatlanishini ta’minlash zarur», — dedi Oqilbek Japarov.

Qirg‘izistonda O‘zbekiston sarmoyasi ishtirokidagi 60 ta korxona faoliyat yuritmoqda.

Ularning, 22 tasi qo‘shma korxona va 38 tasi to‘liq O‘zbekiston kapitali ishtirokida tashkil etilgan.

“Biz Qirg‘iziston iqtisodiyotini rivojlantirishga investisiyalar, ilg‘or texnologiyalar va o‘zbek kompaniyalari boshqaruvini jalb qilishdan manfaatdormiz, – dedi Vazirlar Mahkamasi raisi Oqilbek Japarov Qirg‘iziston-O‘zbekiston biznes-forumida.

Uning so‘zlariga ko‘ra, O‘zbekiston Qirg‘iziston uchun ishonchli qo‘shni, qardosh davlat va strategik sherikdir. Bugungi kunda mamlakatlar o‘rtasida yuqori darajadagi strategik hamkorlik o‘rnatilgan, konstruktiv va ishonchli muloqot yo‘lga qo‘yilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!