Qirg‘izistonda sodir bo‘lgan otishmada 2 nafar o‘zbekistonlik ishtirok etgani aytilmoqda

Qirg‘izistonda sodir bo‘lgan otishmada 2 nafar o‘zbekistonlik ishtirok etgani aytilmoqda

Qirg‘iziston poytaxti Bishkek shahrida 7 avgust kuni otishma sodir bo‘ldi. Bu haqda "AKIpress" xabar berdi.

Ma’lum bo‘lishicha, voqea shaharning Kaarmanskiy ko‘chasida sodir bo‘lgan, otishma oqibatida bir kishi jarohat olgan. Ijtimoiy tarmoqda tarqalgan videoga ko‘ra, ikkita mashinadan 5 erkak tushib, mushtlashib ketgan. Shundan so‘ng ulardan biri to‘pponchadan o‘q uzgan.

Bishkek shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasining Jinoyat qidiruv boshqarmasi Qirg‘iziston Jinoyat kodeksining 37-122-moddasi 2-qismi 5.15-bandi (odamni o‘ldirishga urinish) bilan jinoyat sodir etganlikda gumon qilinayotgan shaxslarni qidirmoqda.

  • Stepanov Nikolay Nikolayevich, 1999 yilda tug‘ilgan, Bishkek shahrida tug‘ilgan;
  • Stepanov Lev Viktorovich, 1994 yilda tug‘ilgan, O‘zbekistonda tug‘ilgan;
  • Qalandarov Gennadiy Gennadiyevich, 1993 yilda tug‘ilgan, O‘zbekistonda tug‘ilgan.

"Yuqoridagi fuqarolarning qayerdaligini bilsangiz, quyidagi telefon raqamlariga xabar berishingizni so‘raymiz. Bishkek shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi polisiya boshqarmasi: 0312 48-64-47, 0552 102-906, 0554 102-147 yoki 102", deyiladi xabarda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!