Qirg‘izistonda koronavirusni zaharli giyoh bilan davolash taklif qilindi

Qirg‘izistonda koronavirusni zaharli giyoh bilan davolash taklif qilindi

Qirg‘iziston Sog‘liqni saqlash vaziri Alimqadir Beyshenaliyev koronavirusga chalingan bemorlarni parpi (akonit) qaynatmasi bilan davolashayotganini ma’lum qildi. Qaynatmaning xavfsiz ekanligini ko‘rsatish uchun esa uni o‘zi ichib ko‘rsatdi. 

“Hozir respublikaning barcha kasalxonalarida bemorlar parpi bilan davolanyapti. Dozani prezident Sadir Japarovning shaxsan o‘zi belgilaydi, – dedi vazir matbuot anjumani chog‘ida. – Prezident koloniyadalik paytida menga murojaat qilib, odamlarni parpi bilan davolab ko‘rishni so‘ragan edi. Qarindoshlarimni shu bilan davoladim”. 

Alimqadir Beyshenaliyev parpi o‘tining yordamida 300 dan ziyod bemor koronavirusdan qutulganini ma’lum qildi. Uning ta’kidlashicha, parpi qaynatmasini issiq holatda ichish kerak, soviganidan keyin esa o‘limga sabab bo‘ladi. “Uni qabul qilgandan keyin sovuq suv ichsa yoki muzqaymoq yesa ham o‘ladi. Uni faqat issiq holatda ichish, keyin o‘ranib yotish kerak. Terlaysiz, yengillaysiz”, – dedi u. 

Parpi ayiqtovondoshlar turkumiga mansub ko‘p yillik o‘t hisoblanib, aksar turlari o‘ta zaharli bo‘ladi. 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!