Qirg‘izistonda elektr iste’moli eng yuqori tarixiy darajaga yetgani aytilmoqda

Qirg‘izistonda elektr iste’moli eng yuqori tarixiy darajaga yetgani aytilmoqda

Qirg‘izistonda iyul oyidagi anomal issiq oqibatida elektr iste’moli eng yuqori tarixiy darajaga yetdi. “Milliy elektr tarmog‘i” shirkatining bildirishicha, 27 iyulda mamlakatda 35 million 353 ming kilovatt-soat elektr energiyasi iste’mol qilingan.

Rasman bildirilishicha, shu kunlarda o‘rtacha bir sutkalik iste’mol darajasi 34 million 300 ming kilovatt-soatni tashkil etmoqda. 2021 yilning mos davrida o‘rtacha bir sutkalik iste’mol 32 million 76 ming kilovatt-soatni, 2020 yilda 28 million 55 ming kilovatt-soatni tashkil qilgan.

Avvalroq anomal issiq tufayli O‘zbekistonda elektr energiyasi iste’moli tabiiy ravishda eng yuqori ko‘rsatkichni tashkil qilgani to‘g‘risida xabar berilgandi.

Energetika vazirligining bildirishicha, 2021 yilning yoz mavsumida O‘zbekistonda sutkasiga 224 million kilovatt-soat elektr quvvati iste’mol qilingan. Joriy yilning 22 iyulida esa shu kungacha bo‘lgan eng yuqori iste’mol qayd etilib, u sutkasiga 237 million kilovatt-soatni tashkil qildi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!