Qirg‘izistonda 19 sentyabr milliy motam kuni deb e’lon qilindi

Qirg‘izistonda 19 sentyabr milliy motam kuni deb e’lon qilindi

Qirg‘izistonda 19 sentyabr milliy motam kuni deb e’lon qilindi. Bu haqdagi tegishli hujjat respublika prezidenti Sadir Japarov tomonidan imzolangan.

Shu kuni Qirg‘iziston Respublikasining davlat bayroqlari butun mamlakat bo‘ylab, shuningdek, xorijdagi diplomatik va konsullik muassasalari binolarida hilpiraydi. Mamlakatdagi madaniyat muassasalari va teleradiokompaniyalarida ko‘ngilochar tadbirlar va dasturlarni bekor qilish tavsiya etiladi.

Eslatib o‘tamiz, 16 sentyabr kuni qirg‘iz-tojik chegarasida otishma sodir bo‘ldi. Tomonlar bir-birini provokasiyada ayblamoqda. To‘qnashuvlarda qirg‘iz tomonidan 36 kishi halok bo‘lgani va 100 dan ortiq yaralanganini ma’lum qilindi.

15-16 sentyabr kunlari Samarqandda o‘tkazilgan Shanxay hamkorlik tashkilotining yigirma ikkinchi sammiti ishtirok etgan Qirg‘iziston va Tojikiston prezidentlari shu yerning o‘zida chegaradagi vaziyat yuzasidan yuzma-yuz muzokara o‘tkazishgan edi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!