Qirg‘iziston va Markaziy Osiyoning boshqa mamlakatlari yaqin 20-30 yil ichida energetika sohasida o‘sish nuqtalariga aylanadi

Qirg‘iziston va Markaziy Osiyoning boshqa mamlakatlari yaqin 20-30 yil ichida energetika sohasida o‘sish nuqtalariga aylanadi

Qirg‘iziston va Markaziy Osiyoning boshqa mamlakatlari yaqin 20-30 yil ichida energetika sohasida o‘sish nuqtalariga aylanadi, dedi Rossiyaning «Rosatom» davlat korporasiyasi direktori Aleksey Lixachev.

Uning so‘zlariga ko‘ra, «yadro klubiga yangi kelgan davlatlar»ni muvaffaqiyatli yadro kelajagi kutmoqda.

«Ushbu davlatlar orasida Qirg‘iziston, O‘zbekiston, Qozog‘iston, Turkiya va Saudiya Arabistoni bor. Bu davlatlarning barchasi kam uglerodli manbalarga tayanadi», — dedi Lixachev Sochida bo‘lib o‘tgan dunyodagi eng yirik "ATOMEXPO-2022" yadro forumida.

Forum dunyoning 50 dan ortiq davlati, jumladan, Qirg‘izistondan hukumat vakillari, yetakchi ekspert va energetika sohasidagi mutaxassislar ishtirokida o‘tkazilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!