Qirg‘iziston Respublikasi Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi chegara xizmati ma’lumot berdi

Qirg‘iziston Respublikasi Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi chegara xizmati ma’lumot berdi

Tojikiston bilan chegarada yuz bergan otishma bo‘yicha Qirg‘iziston Respublikasi Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi chegara xizmati ma’lumot berdi.

"Soat 6:50-7:00 da Tojikistonning “Keh” chegara postidan “Buloq-Boshi” chegara posti tomon o‘q uzildi. Bunga javoban qirg‘iz tomoni ham Tojikiston posti tomonga javob o‘qi uzgan. Ikki tomon chegarachilari jangovar pozisiyalarni egalladi.

Tomonlarning chegara vakillari telefon orqali muloqot qilib, vaziyatni barqarorlashtirishga harakat qilishdi va chegara otryadlari boshliqlari voqea joyiga jo‘nab ketishdi.

Ammo, soat 07:50 da Tojikiston tomoni yana otishma boshladi. Ular granata va minomyotlardan foydalanishdi.

Soat 8:10 da o‘t ochish to‘xtadi.

Tomonlar chegara vakillari otishma sabablariga oydinlik kiritish va vaziyatning keskinlashuvining oldini olish maqsadida yig‘ilish o‘tkazmoqda.

Ertalab soat 8:40 holatiga ko‘ra, otishma to‘xtagan bo‘lsa-da, Qirg‘iziston-Tojikiston davlat chegarasi uchastkasida vaziyat keskinligicha qolmoqda", — deyiladi xabarda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!