Qirg‘iziston prezidentida murakkab jarrohlik operasiyasi amalga oshirildi

Qirg‘iziston prezidentida murakkab jarrohlik operasiyasi amalga oshirildi

Qirg‘iziston prezidenti matbuot xizmati
Keltirilishicha, Japarovda murakkab ko‘z jarrohligi operasiyasi amalga oshirilgan. Prezident shuning uchun ko‘zoynak taqib yurishga majbur bo‘lgan.

«Davlat rahbariga pastki qovoqlarning entropioni tashxisi qo‘yildi, bu jarrohlik operasiasini talab qildi», degan Qirg‘iziston prezidenti matbuot xizmati.

Ma’lumot uchun, qovoqlar entropioni kasalligida kirpiklar ichkariga, ko‘z qovog‘iga qarab qayrilib qoladi va buning oqibatida ko‘zning shox pardasiga zarar yetadi, noqulaylik tug‘diradi va ba’zi hollarda shox pardada yara paydo bo‘lishiga olib keladi.

Avvalroq Qirg‘iziston oliy muftiysi koronavirusga qarshi shprisning orqa tomoni bilan emlangandi. Shuningdek, Qirg‘iziston prezidenti koronavirusga qarshi vaksina qabul qilgandi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!