Qirg‘iziston prezidenti O‘zbekiston taraqqiyotda 30–40 yil oldinlab ketganini ta’kidladi

Qirg‘iziston prezidenti O‘zbekiston taraqqiyotda 30–40 yil oldinlab ketganini ta’kidladi

"O‘zbek tomonlarda kalla yaxshi ishlaydi. Shuning uchun O‘zbekiston bizdan 30–40 yil oldinda. Biz esa hali ham baqirishda, namoyish o‘tkazishda davom etayapmiz. Men samolyotlar, vertolyotlar haqida gapirmayapman, 30 yil ichida biz hatto gugurt zavodi ham qurmadik", — dedi Sadir Japarov.

Hozir parlament qirg‘iz–o‘zbek chegarasi bo‘yicha kelishuvlarni ko‘rib chiqmoqda. Agar u ratifikasiya qilinsa, Qirg‘iziston va O‘zbekiston chegaralarni delimitasiya qilishni yakunlaydi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!