Qirg‘iziston prezidenti deputatlardan "Kampirobod"ni O‘zbekistonga berish uchun ovoz berishga chaqirdi

Qirg‘iziston prezidenti deputatlardan "Kampirobod"ni O‘zbekistonga berish uchun ovoz berishga chaqirdi

Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarov deputatlarni "Kampirobod"ni O‘zbekistonga berish uchun ovoz berishga chaqirdi.

Qirg‘iziston-O‘zbekiston chegarasi bo‘yicha kelishuv ko‘rib chiqilayotgan parlamentda Sadir Japarov so‘zga chiqdi. U deputatlardan O‘zbekiston bilan chegara bo‘yicha kelishuvga “mas’uliyat bilan” munosabatda bo‘lishni so‘radi.

U bugungi uchrashuvni O‘zbekiston bilan chegara masalasi nihoyat hal etiladigan “tarixiy kun” deb atadi.

“Hech narsadan qo‘rqmang. Biz to‘g‘ri yo‘ldamiz. Biz yerlarimizni berayotganimiz yo‘q, aksincha, o‘tmishda olganimizni qaytarib beryapmiz”, — dedi prezident.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!