Qirg‘iziston fuqarolariga hujum qilgan Tojikiston harbiylariga qarshi jinoiy ish qo‘zg‘atildi

Qirg‘iziston fuqarolariga hujum qilgan Tojikiston harbiylariga qarshi jinoiy ish qo‘zg‘atildi

Tojikiston Bosh prokuraturasi Qirg‘iziston fuqarolariga qarshi tajovuzkor harakat qilgan bir guruh harbiy xizmatchilarga qarshi jinoiy ish qo‘zg‘adi. Bu haqda RIA Novosti xabar bermoqda.

Shuningdek, tergov uchun tergov-tezkor guruhi tuzilganligi haqida xabar berilgan.

3 may kuni ertalab Qirg‘iziston va Tojikiston o‘z harbiy qismlarini chegaradan olib chiqish jarayonini yakunladilar.

Avvalroq Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarov Tojikiston bilan ziddiyat tufayli mamlakat hududiy yaxlitligi tahdid ostida qolayotganini aytgandi. Shu munosabat bilan u tinchlikni saqlashga yordam beradigan komissiya tuzishni taklif qildi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!