Qimorda yutqazgan yigit IIVni aldamoqchi bo‘ldi

Qimorda yutqazgan yigit IIVni aldamoqchi bo‘ldi

Qoraqalpog‘iston Respublikasi IIVning ma’lumotiga ko‘ra, joriy yilning 7 iyun kuni To‘rtko‘l tumanida yashovchi fuqaro O.S. ichki ishlar organlariga shikoyat bilan murojaat qilib, To‘rtko‘l tumani Bog‘yop kanal yoqasida uning hamyoni va ichida bo‘lgan 2100 AQSh dollari hamda 3 mln 500 ming so‘m pullari noma’lum shaxslar tomonidan o‘g‘irlab ketilganligini bayon qilgan.

Holat yuzasidan To‘rtko‘l tumani IIB tomonidan O‘zbekiston Respublikasi JKning 169-moddasi (o‘g‘irlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, jinoyat sodir etishi mumkin bo‘lgan shaxslarni aniqlash ishlari avj olgan.

Surishtiruv jarayonida jabrlanuvchining ko‘rsatmalari va tezkor-tergov tadbirlari jarayonida olingan ma’lumotlarda jiddiy tafovutlar mavjudligi sababli, fuqaro O.S.ning hayot tarzi o‘rganilib, uni o‘g‘irlik haqida yolg‘on ko‘rsatmalar berganligi yuzaga chiqqan.

Keltirilgan dalil va isbotlarning ta’siri ostida fuqaro O.S. jinoyat haqida yolg‘on ma’lumot berganligini tan olib, joriy yilning may-iyun oylari davomida o‘ziga tegishli bo‘lgan 2100 AQSh dollari hamda 3 mln 500 ming so‘m pullarini qimor va tavakkalchilikka asoslangan “1Xvet” bukmeykerlik o‘yiniga tikib yutqizib qo‘yganligini bayon qilgan.

Hozirda fuqaro O.S.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi JKning 237-moddasi (yolg‘on xabar berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!