Qidiruvdagi haydovchi Toshkentda ushlandi

Qidiruvdagi haydovchi Toshkentda ushlandi

🔹Bugun, 2021 yil 4 dekabr kuni soat 11:30 larda Bektemir tumani hududida joylashgan "Sharq" YPX maskanida xizmat olib borayotgan YPX xodimlari A.Po‘latov va M.Shamshiyevlar tomonidan Toshkent viloyatidan Toshkent shahriga kirib kelayotgan "Captiva" rusumli avtomobil to‘xtatilib, haydovchi, 1998 yilda tug‘ilgan F.Q.ning ma’lumotlari planshet moslamasi yordamida maxsus dastur orqali tekshirib ko‘rilganda, ushbu fuqaro O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 168-moddasi 1-qismida ko‘rsatilgan jinoyatni sodir qilganlikda gumonlanib, 2021 yil 18 noyabr kunidan buyon qidiruvdaligi ma’lum bo‘lgan.

‼️Tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, haydovchi F.Q. tuman IIO FMBga topshirilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!