Qidiruvdagi avtomashina raqami almashtirilgan edi

Qidiruvdagi avtomashina raqami almashtirilgan edi

Fuqarolik ishlari bo‘yicha Rishton tumanlararo sudining 29.11.2020 yildagi qarzdor YATT O‘.Nazarovadan undiruvchi “Savdogarbank” Farg‘ona filiali foydasiga jami 102.967.610 so‘m kredit qarzini undirish va undiruvni garov predmeti bo‘lgan Nexia 3 rusumli avtotransport vositasiga qaratish to‘g‘risidagi ijro hujjati Byuroning Oltiariq tuman bo‘limi tomonidan ijroga qaratilgan.
Yuqoridagi ijro hujjati ijrosini ta’minlash uchun garov mulki hisoblangan avtomashinani xatlash maqsadida ijro harakatlari olib borilganida, mazkur avtomashina yo‘qligi aniqlangan va avtomashinaga nisbatan qidiruv e’lon qilingan.
Byuro va IIB YHXB ning xodimlari bilan hamkorlikda olib borilgan tezkor-qidiruv tadbirlari davomida yuqoridagi avtomashinaning davlat raqami almashtirilganligi aniqlangan va avtotransport vositasi topilib xatlovga olingach, qarzdor YATT U.Nazarova kredit qarzdorligini to‘liq to‘lab bergan hamda ijro ishi tamomlangan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!